Sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

M.A. Raximov Xitoyning Shanxay xalqaro tadqiqotlar universitetida tadqiqotchi va lektor sifatida faoliyat yuritdi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz bo‘lim mudiri, tarix fanlari doktori, professor M.A. Raximov 2024-yil mart–iyun oylarida Xitoyning Shanxay xalqaro tadqiqotlar universitetida tadqiqotchi va lektor sifatida bo‘ldi. Ushbu davrda u magistratura talabalariga “Markaziy Osiyo mintaqaviy va global tsivilizatsiya dinamikasida” nomli ma’ruza kursi o‘tdi.

Mazkur faoliyat O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ilmiy-ta’lim hamkorligini mustahkamlash, Markaziy Osiyo tarixi va tsivilizatsiyasi masalalari bo‘yicha bilim almashish, shuningdek, yosh tadqiqotchilar tayyorlashga xizmat qildi.


×