Sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Markazda PhD dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi

 

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, Markazimizda Xoliqulov Shuxratjon Boymaxammadovichning “O‘zbekistonda yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlanishining tarixiy tahlili (Navoiy viloyati misolida, 1991–2023-yy.)” mavzusidagi 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha PhD ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ilmiy ish yuzasidan Markaz yetakchi tashkilot sifatida belgilangan. Muhokama davomida dissertatsiyaning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati, shuningdek, tadqiqot natijalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Ishtirokchilar tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish yakunida dissertatsiya yuzasidan belgilangan tartibda tegishli qaror qabul qilindi.


×