«O‘zbekiston eng yangi tarixining dolzarb masalalari»
Respublika fanlararo ilmiy-nazariy jurnali (ISSN 2181-8231).
«O‘zbekiston eng yangi tarixining dolzarb masalalari» fanlararo ilmiy-nazariy jurnalining ta’sischilari: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi.
Jurnal 2018 yildan nashr qilina boshlandi, 2017 yil 29 avgustda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan ro‘yxatga olingan. (Guvohnoma № 0848).
«O‘zbekiston eng yangi tarixining dolzarb masalalari» jurnali bir yilda ikki marotaba nashr qilinadi.
Maqolalar tahrir hay’ati a’zolari tomonidan ilmiy mezonlar (yangiligi, dolzarbligi, ahamiyati va h.k) asosida taqriz qilinadi.
Nashr tili: o‘zbek, rus, ingliz.
Jurnalning maqsadi va vazifalari. Jurnalda O‘zbekistonning ijtimoiy-ciyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida sodir bo‘lgan tarixiy voqea va jarayonlarga bag‘ishlangan, ularning mazmun-mohiyatini yorituvchi tahliliy materiallar e’lon qilinadi. Shuningdek, nashrda eng yangi tarixni tadqiq etishning xorij tajribasini o‘rganish masalalari ham o‘rin oladi. Maqolalar tadqiqotchilar, o‘qituvchilar va talabalarga O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishga ilmiy-metodik jihatdan ko‘mak beradi. Chop etilgan ishlar o‘quvchilarda mamlakat tarixiga oid haqqoniy va chuqur bilimlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Jurnalda tarix va boshqa gumanitar-ijtimoiy fanlar sohasida olib borilayotgan hamda XX– XXI asrlarda O‘zbekiston va xorij mamlakatlari ijtimoiy-siyosiy rivojlanishining dolzarb masalalari bilan bog‘liq fundamental va nazariy-amaliy tadqiqotlarning natijalari chop etiladi. Shuningdek, nashrda monografiyalar va maqolalarga taqrizlar, xalqaro konferensiyalar va seminarlar bo‘yicha ma’lumotlar, kitoblarga obzorlar ham e’lon qilinadi.
Bosh muharrir
Usarova Feruza Xolmatovna
Tug‘ilgan sanasi: 1968 yil 13 iyul.
Tug‘ilgan joyi:Samarqand viloyati, Jonboy tumani.
Yo‘nalishi: Tarix, xalqaro munosabatlar s.f.n., katta ilmiy xodim.;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz direktori.
Manzil: |
100060, O'zbekiston, Toshkent, Yahyo G`ulomov ko‘chasi, 70 uy, |
Telefon: |
(+99871) 233-37-01 |
E-mail: |
|
Sayt: |