Sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Rahbariyat

 

Direktor vazifasini bajaruvchi – Sagdullayev Kozimxon Kaxramonovich

 

    Sagdullayev Kozimxon Kaxramonovich 17.00.08 – «San’at nazariyasi va tarixi» ixtisosligi bo’yicha «Teatr va OAV kommunikativ tizim sifatida» mavzusidagi tadqiqotini 2018-yilda himoya qilib, san’atshunoslik fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.

Ilmiy qiziqishlari doirasi – O’zbekistonning zamonaviy badiiy madaniyati, san’at jurnalistikasi, media kommunikatsiyalari, Ikkinchi Jahon Urushi. U «Teatr va ommaviy axborot vositalari kommunikativ tizim sifatida», «Teatr jurnalistikasi bugun: amaliyot va nazariya masalalari» (rus tilida) nomli 2 monografiya, O’zbekiston, Rossiya, Qozog’iston, Avstriya, Fransiya, Polsha, Chexiya, AQSh, Kanada mamlakatlarida chop etilgan 50 dan ortiq maqolalar hamda tezislar muallifi.  

GoogleScholar: https://scholar.google.com/citations?user=bxs-D3YAAAAJ&hl=ru#

    K.Sagdullaev 2018, 2020 yillari rus tilida nashr etilgan «O’zbekistonning eng yangi tarixi» darsligining mualliflaridan, 2020 yili nashr etilgan «O’zbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan g’alabaga qo’shgan hissasi» nomli kitob-albom mualliflari va tuzuvchilaridan.

    U xalqaro ilmiy konferensiyalarda, xususan, «UCAWE – 2012» (Bryansk, Rossiya) xalqaro simpoziumida, «Yangi avlod» (Moskva, 2015) xalqaro dasturida ishtirok etgan. Shuningdek, u 2019 yili «Belarus va O‘zbekiston hududlari forumi» doirasida «Belarus Respublikasida ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning zamonaviy holati va istiqbollari» mavzusida tashkil etilgan ilmiy stajirovkani o’tagan.

K.Sagdullaev Gʼalaba bogʼini tashkil etish ishlaridagi faolligi uchun Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining «Yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun» koʼkrak nishoni bilan taqdirlangan.

2019 yilning 4 oktyabridan direktor vazifasini bajaruvchi.

 

 

 

Direktor o‘rinbosari: Abdimo‘minov Oybek Bektemirovich

       

   Abdimo‘minov Oybek Bektemirovich 07.00.01 – “O‘zbekiston tarixi” ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan munosabatlari tarixi” mavzusida dissertatsiyasini himoya qilib, 2018 yilda tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) olgan, 2019 yilda katta ilmiy xodim unvoniga tasdiqlangan.

       O.B. Abdimo‘minovning tadqiqotlar O‘zbekistonning eng yangi tarixi va tashqi siyosati, shuningdek, Markaziy Osiyodagi zamonaviy xalqaro munosabatlarni yoritishga qaratilgan. Uning 100ga chqin maqolalari O‘zbekistonning ilmiy jurnallari bilan bir qatorda Rossiya, Qozog‘iston, Hindiston, Xitoy kabi mamlakatlarda ham nashr etilgan. U Germaniya nashr etilgan “Bugungi Markaziy Osiyo: mamlakatlar, qo‘shnilar va mintaqa” (2014), “Markaziy Osiyo: masalalar, muammolar va iqtiqbollar” (2015), “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” (2019), “O‘zbekiston va BMT: munosabatalar tarixi va barqaror rivojlanish omillari” (2021)  monografiyalari hamda oliy o‘quv yurtlari uchun “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” (2021) darsligi hammullifidir.

     Germaniya, Hindiston, Rossiya, Belarus davlatlarida ilmiy stajirovka va konferensiyalarda ishtirok etgan.  

      https://orcid.org/0000-0001-9822-1474

      https://www.researchgate.net/profile/Oybek-Abdimuminov

      https://publons.com/researcher/1796340/oybek-abdimuminov/

       https://scholar.google.com/citations?user=G9m5k-gAAAAJ&hl=ru

Navoiy davlat pedagogika instiutida o‘qituvchi, O‘zR FA Tarix institutida ilmiy xodim lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2018 yildan buyon O‘zR FA huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi markazida bo‘lim mudiri, direktori o‘rinbosari lavzimlarida ish olib bormoqda.   

O‘zR FA huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi markazida nashr etiladigan “O‘zbekiston eng yangi tarixining dolzarb masalalari” fanlararo ilmiy-nazariy jurnali jurnali muharriri hamda “O‘zbekiston tarixi” jurnali tahrir hay’ati a’zosi. Tarix instituti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar a’zosi.


×