Sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va o’quv, ilmiy-metodik adabiyotlarni tayyorlash bo’limi

Bo‘lim mudiri - Pulatova Sevara Akmalovna

Sevara Akmalovna Pulatova 07.00.03 – “Jahon tarixi” ixtisosligi bo‘yicha “Mustaqil O‘zbekistonning xalqaro madaniy aloqalari – uning barqarorligi asosi (Sharq mamlakatlari bilan aloqalar misolida)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini 1994 yilda himoya qilib, tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan, 2000 yilda dotsent ilmiy unvoniga tasdiqlangan.
S.Pulatova eng yangi tarix, madaniy aloqalar tarixi, madaniyatshunoslik, madaniy diplomatiya yo‘nalishlarida tadqiqotlar olib boradi.
S.Pulatova hammualiflikda 2 monografiya, 1 darslik, 1 o‘quv qo‘llanma, 3 xrestomatiya, 1 o‘quv-uslubiy qo‘llanma, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiya, Buyuk Britaniya, Hindistonda e’lon qilingan 80 dan ziyod maqola va tezislar muallifi.

GoogleScholar: https://scholar.google.com/citations?view_op=list_works&hl=ru&user=Z4Xa5lIAAA   

S.Pulatova – «Xalqaro munosabatlar» jurnali tahrir hay’ati a’zosi.
2021 yildan buyon bo‘lim mudiri.


Katta ilmiy xodim - Aberqulov Dilshod Nurbayevich
Aberqulov Dilshod Nurbayevich – Tarix fanlar nomzodi. A.Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetini tarix fakulteti (1994), SamDU kunduzgi bo‘lim aspiraturasini (1998) tamomlagan. 
07.00.02. «Ватан тарихи» ixtisosligi bo’yicha “Дехканство Туркестана в 1917-1921 годах (На материалах Ферганской, Сырдарьинской и Самаркандской областях)» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasni 2002-yilda himoya qilgan.
D.N.Aberqulov ish faoliyatini 1994 yilda SamDU o‘quv bo‘limining laborant lavozimidan boshlagan. 1995-2017 yillarda SamQXIda dotsent va kafedra mudiri, 2018-2019 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida katta o‘qituvchi lavozimida ishlagan.
D.N.Aberqulov 45 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 3 ta o’quv qo’llanm, шулардан  “Ijtimoiy-gumanitar fanlarni interfaol uslubda o’qitish”  o’quv qo’llanm
muallifi.
Dilshod Aberqulov O‘zbekistonning eng yangi tarixi muammolari, O‘zbekiston Respublikasi ikki va ko‘p tomonlama aloqalari tarixi, siyosatda tarixiy faktlarning o‘rni va roli bilan bog‘liq yo‘nalishlarda tadqiqot olib bormoqda.
 

Kichik ilmiy xodim - Nargiza Abdusattarova

N.B.Аbdusattarova ish faoliyatini 2000 yilda Jizzax viloyatida tarix fani oʼqituvchisi lavozimidan boshlagan.

2005–2007 yillarda Oʼzbekiston Milliy Universiteti magistratura yoʼnalishida tahsil olgan. 2010-2013 yillarda 1-son Toshkent pedagogika kolledji oʼqituvchisi boʼlib ishlagan. 2013 yildan boshlab Jahon Iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida oʼqituvchi lavozimlarida ishlagan.

20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 2 ta xalqaro maqolalar muallifi.

U qator ilmiy konferentsiyalarda ishtirok etgan.

N.B.Аbdusattarova Oʼzbekistonning eng yangi tarixi masalalari boʼyicha Muvofiqlashtiruvchi-met odik markazda 2019 yilning yanvaridan boshlab ishlab kelmoqda.

N.B.Аbdusattarova 1 ta oʼquv qoʼllanma, 30 dan ziyod tezis va ilmiy maqola muallifi


Kichik ilmiy xodim - Сhoriyeva Dilorom Abdumuminovna

O‘zbekiston Milliy Universiteti tarix fakulteti bakalavriati (2001) hamda magistraturasini (2003), O’zR FA huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz tayanch doktoranturasini (2019) tamomlagan. Hozirda u t.f.d. N.A.Mustafaeva rahbarligida 07.00.01 – “O’zbekiston tarixi” ixtisosligi bo’yicha  “O‘zbekistonda madaniyat sohasida boshqaruv tizimi tarixi (Madaniyat vazirligi faoliyati misolida, 1991-2016 yillar)” mavzusida PhD dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

D.Chorieva O‘zbekistonning eng yangi tarixi, madaniyat markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari, kutubxona va muzeylar kabi madaniyat muassasalarining faoliyati va xorijiy madaniy aloqalari mavzularida tadqiqotlar olib boradi.

D.Chorieva 1 risola, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Hindistonda e’lon qilingan 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi.

GoogleScholar: http://scholar.google.com/citations?user=8yf7CgIAAAAJ&hl=ru

2020 yildan buyon kichik ilmiy xodim.

 


×