Sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Markaz haqida

   O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz:

   O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2012 yil 27 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashini tashkil etish to‘g‘risida”gi 1694-sonli qaroriga asosan Jamoatchilik kengashining ishchi organi sifatida tashkil etilgan;

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2017 yil 17 fevraldagi “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2789-sonli Qaroriga muvofiq Markaz Fanlar akademiyasi tasarrufiga o‘tkazilib, Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashining ishchi organi etib belgilandi.

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2017 yil 30 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 3105-sonli Qarori bilan Markaz Fanlar akademiyasi huzurida o‘z faoliyatini boshladi.

  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz O‘zbekistonning eng yangi tarixini tadqiq etish va o‘qitish samaradorligini, mazkur sohada ilmiy, o‘quv-metodik adabiyotlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar sifatini oshirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan hamda jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi idoralararo ilmiy-muvofiqlashtirish va maslahat organi maqomidagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashining ishchi organi hisoblanadi.

   Markaz o‘z faoliyati doirasida xorijiy mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va xalqaro jamg‘armalar bilan hamkorlik qiladi, «O‘zbekiston eng yangi tarixining dolzarb masalalari» jurnalini nashr qiladi.

Markaz O‘zbekistonning eng yangi tarixining dolzarb masalalari bo‘yicha xalqaro va respublika konferensiyalari, seminarlarni tashkil qiladi hamda o‘tkazadi, o‘quv, ilmiy-metodik adabiyotlar chop etadi.

  Markazda Tarix bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv-metodik adabiyotlarni ekspertizadan o‘tkazish; Ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va o‘quv, ilmiy-metodik adabiyotlarni tayyorlash; O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha xorijiy tadqiqotlar monitoringi va tahlili bo‘limlari faoliyat yuritadi.


×