Sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Tarix bo’yicha ma’naviy-ma’rifiy va o’quv-uslubiy adabiyotlarni ekspertizadan o`tkazish bo’limi

Bo‘lim mudiri: Raximov Mirzoxid Akramovich

     Mirzoxid Akramovich Raximov 07.00.01 – “O‘zbekiston tarixi” va 07.00.05. – “Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi” ixtisosliklari bo‘yicha «Markaziy Osiyoda mustahkam va barqaror rivojlanishni ta’minlashda O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini 2012 yilda himoya qilib, tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olgan, 2015 yilda professor ilmiy unvoniga tasdiqlangan.
      M.A.Raximov ilmiy tadqiqotlari fanlararo yondashuv asosida O‘zbekistonning eng yangi tarixi hamda Markaziy Osiyodagi xalqaro munosabatlar¬ni yoritishga bag‘ishlangan. Uning 200 dan ortiq ishlari Markaziy Osiyo davlatlari, Germaniya, Rossiya, AQSh, Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlarda nashr etilgan. U rus tilida chop etilgan «Markaziy Osiyoda mustahkam va barqaror rivojlanishni ta’minlashda O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi» (2012), «O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlarini dunyoning yetakchi mamlakatlari bilan hamkorligi» (2016), «O‘zbekistonning zamonaviy tarixi va xalqaro munosabatlari» (2020), «Markaziy Osiyoda zamonaviy ko‘p tomonlama munosabatlar» (2020) nomli monografiyalar muallifi. 
       
Shuningdek, M.Raximov 2018, 2020 yillari rus tilida nashr etilgan «O’zbekistonning eng yangi tarixi» darsligining mualliflaridan va mas’ul muharriri, 2020 yili nashr etilgan «O’zbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan g’alabaga qo’shgan hissasi» nomli kitob-albom mualliflari va tuzuvchilaridan.https://orcid.org/0000-0001-9979-0329https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=56530756000https://scholar.google.com/citations?view_op=verify_email_result&hl=ru&user=1Fz818AAAAJ&email_for_op=tmarkaz%40academy.uz&citsig=AMD79oqIMDQ-XBiuK6BLGI15 M.A.Raximov Xalqaro Yevroosiyoni tadqiq etish assotsiatsiyasi (CASC) va      Markaziy Osiyoni o‘rganish Yevropa jamiyati (ESCAS) a’zosi, shuningdek SCOPUS ruyxatidagi «Journal of Eurasian Studies» va «Journal of Central Asia and Caucasus» nomli halqaro jurnallar tahrir hay’ati a’zosi. Uning muharrirligida ingliz tilida 2015 yilda Germaniyada «Central Asia, issues, problems and perspectives» va Hindistonda «South and Central Asia: insights and commentaries» hamda 2018 yilda Moskvada «Noveyshaya istoriya Sentralnoy Azii: problemы teorii i metodologii» jamoaviy monografiyalar chop etildi. U xorijda va O‘z¬be¬kis¬tonda o‘tkazilgan xalqaro konferensiyalar, seminarlarni ham tashkil etishda qatnashgan.
     M.A.Raximov rahbarligida 1 fan doktori, 1 fan nomzodi va 2 PhD tayyorlagan. U Fanlar akademiyasi Tarix instituti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashlarning a’zosi, «O‘zbekiston eng yangi tarixining dolzarb masalalari» jurnali bosh muharriri. 2020 yildan buyon bo‘lim mudiri.


    Katta ilmiy xodim: Yuldasheva Guli Ismatullayevna
      
Yuldasheva Guli Ismatullayevna «Hozirgi davrda Eron-Amerika munosabatlari va ularning Markaziy Osiyodagi geosiyosiy vaziyatga ta’siri» mavzusidagi tadqiqotini 2006 yilda himoya qilib, siyosiy fanlar doktori ilmiy darajasini olgan.
      
U geosiyosat va xalqaro munosabatlar, O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi, AQSh, Xitoy, Rossiya, Eron, Turkiya, Saudiya Arabiston, Pokiston, Hindiston bilan aloqalari, Eron-Amerika munosabatlari, Markaziy Osiyo strategiyasi, mintaqaviy transport tizimi rivojlanishi, O‘zbekistonning zamonaviy siyosati, gender va migratsiya masalalari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boradi.
      
G.Yuldasheva 3 monografiya, jumladan, 2017 yilda chop etilgan «Markaziy Osiyoning geosiyosiy rivojlanishi: Eron va AQSh» monografiyasi, 7 ilmiy risola, 3 darslik va 10 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalar, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Latviya, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Eron mamlakatlarida e’lon qilingan 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, 9 monografiya va qator ilmiy to‘plamlar mas’ul muharriri.  U xalqaro ilmiy konferensiyalarda ishtirok etgan, qator grantlar sovrindori bo‘lgan. G.Yuldasheva 1998 yili Senday universitetining Islom tadqiqot markazida (Yaponiya), 1998-1999 yillari IREX dsturi orqali J.Xopkins universiteti Markaziy Osiyo va Kavkaz institutida (AQSh), 2001–2002 yillari Fulbrayt dasturi bo‘yicha Indiana-Blumington universitetida (AQSh) zamonaviy O‘zbekistonning rivojlanish xususiyatlari, Eron-Amerika munosabatlari mavzulari bo‘yicha ilmiy loyihalarni amalga oshirgan.
     
G.Yuldasheva – «O‘zbekiston eng yangi tarixining dolzarb masalalari» jurnali muharriri, Pokistonda chop etiladigan «South Asian Studies» jurnali tahrir hay’ati, O‘zbekiston Fulbrayt Assotsiatsiyasining a’zosi.   2018 yil 8 oktyabrdan buyon katta ilmiy xodim.         
 https://www.scopus.com/authid/detail.uriauthorId=56530756000 

https://orcid.org/0000000199790329                                                                                                                                                                                                                                                                 


     

 Katta ilmiy xodim: Buriyeva Xayriya Amanullayevna  


      
Xayriya Amanullayevna Buriyeva 07.00.01 –“O‘zbekiston tarixi” ixtisosligi bo‘yicha “Toshkent shahrining tarixiy toponimiyasi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini 2007 yilda himoya qilib, tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan, 2010 yilda dotsent ilmiy unvoniga tasdiqlangan.
      X.Buriyeva tarixiy toponimika, eng yangi tarix, manbashunoslik, arxivshunoslik, tarixiy fanlarni o‘qitish yo‘nalishlarida tadqiqotlar olib boradi.
      X.Buriyeva 2 monografiya, hammualiflikda 2 darslik, 1 o‘quv qo‘llanma, 4 o‘quv-uslubiy qo‘llanma, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, AQSh, Turkiya, Ukrainada e’lon qilingan 100 dan ziyod maqola va tezislar muallifi.   
GoogleScholar: http://scholar.google.com/citations?user=167Vre8AAAAJ&hl=en     
Markazda 2019 yildan o‘rindoshlik asosida ishlaydi. 2019 yildan buyon katta ilmiy xodim


Kichik ilmiy xodimi: Tolibova Sanobar Ruzikulovna
 

 Sanobar Ruzikulovna Tolibova O‘zbekistonning eng yangi tarixi, tashqi siyosati, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan madaniy-gumanitar munosabatlari mavzularida tadqiqot olib boradi.

 S.Tolibova O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, AQSh, Yaponiyada e’lon qilingan 30 ga yaqin maqola va tezislar muallifi.

 GoogleScholar: https://scholar.google.com/citations?hl=ru&imq

 2019 yildan buyon kichik ilmiy xodim.


 


×