Sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Xalqaro hamkorlik


Jamoaviy monografiyasi nashr etildi


2020 yil mart oyida Hindistonning Dehli shahrida «Multipolyarizim va Multipolyarlik orasidagi Osiyo» (Asia between Multipolarism and Multipolarity, Delhi. March 2020, P.640.) nomli jamoaviy monografiyasi nashr etildi. Markaz loyiha rahbari Mirzohid Rahimov ushbu monografiyaning mualliflaridan biri sifatida ishtirok etdi. (Monogorafiya haqida barcha ma’lumotlar shu linkda ko‘rsatilgan
http://www.kwpub.com/BookDetails.aspx?titleId=1464&countryname

 

 


Urushdan besh o‘g‘li qaytmagan yana bir oila haqida

Fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 75 yilligiga ham sanoqli kunlar qoldi. O‘sha yillari urush daxl etmagan biron bir xonadon, oila bo‘lmagan. Farzandiga non tishlatib, ularni bag‘riga yana bir bor bosolmagan ota-onalar, aziz yorini kutib, chirog‘ini o‘chirmagan ayollar, yaqinlarini yo‘qotgan jigarbandlar, ota bag‘rini bilmagan farzandlar, buvasiz o‘sgan nevaralar – bularning bari aytishga oson…
Ular orasida qator farzandlari frontdan qaytmagan oilalar ham ko‘p bo‘lgan. Mashhur Zokirovlar oilasi kabi besh farzandi frontga ketib, ulardan birontasi qaytmagan yana bir oila – Ibrohimovlardir. Ularning nomlari Toshkent shahridagi 64-maktab hududida joylashgan yodgorlikdan o‘rin olgan: Hakim, Rahim, Haydar, Habib, Anvar.
Oila haqida 1995 yili chop etilgan O‘zbekiston Respublikasi xotira majmua-kitobining 294–295 betlarida “
Братья Ибрагимовы (Aka-uka Ibrohimovlar)” maqolasini o‘qir ekansiz, ularning o‘z uyiga yo‘llagan xatlarida jangchining G‘alabaga ishonchini his etasiz. Shu bilan birga “men hali tirikman va sog‘man” degan so‘zlar yaqinlarini xotirjam qilish uchungina aytilgandir. Ammo, uning ortida insonni ayovsiz janglardan keyin hayot ekanligiga shukronaligi, urushni yakunlab Vatanga qaytish umidi ifodalangan edi. Biroq, ular qaytishmadi…
Muallifi ko‘rsatilmagan bu maqola e’lon qilinganligiga ham 25 yil bo‘ldi. Aka-uka Ibrohimovlarning yaqinlarini izlash bo‘yicha olib borilgan ishlar hozircha natija bermadi. Shu sababdan mazkur masala bilan shug‘ullanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz aka-uka Ibrohimovlar haqida ma’lumotlarni to‘ldirish, suratlar va boshqa materiallar bilan tanishish hamda bu haqda alohida izlanish ishlarini olib borish maqsadida ularni bilgan, tanigan vatandoshlarimizdan ushbu xayrli ishga o‘z hissalarini qo‘shishlarini so‘raydi.
Umumiy ma’lumotlar: Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Markaziy arxivi ma’lumotlari asosida 2 farzand Samarqandda tug‘ilganligi, otalarining ismi – Husayn, onalari – Gulbonu (Gulbanu, Guliya) Galiyevna ekanligi, onalarining yashash manzili – hozirgi Mirzo Ulug‘bek tumani Oloy (o‘sha vaqtda Kuybishev rayoni, Pochtovaya) ko‘chasi, 25 uy ekanligi aniqlandi. Urushdan keyingi yillarda bu ko‘chada ko‘p qavatli binolar qurilgan hamda bu raqam bilan uy mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi.

Farzandlar haqida ma’lumotlar: Ibragimov Anvar – 1938 yili armiyaga chaqirilgan, u chegara qo‘shinlarida xizmat qilgan, urush yillari ofitserlik kurslarini tamomlagan. 1946 yili katta leytenant A.Ibragimov chegarani qo‘riqlayotganda halok bo‘lgan. Anvar Ibragimovga oid qo‘shimcha ma’lumot aniqlanmaganligi uchun otaning ismi qayd etilmadi. Sababi, farzandlarning birida otasiga oid ma’lumot Xuseinovich, boshqalarida Xusainovich tarzida berilgan.
Ibragimov Raxim Xusainovich – 1909 yili tug‘ilgan, 1941 yilgacha u texnikumni bitirib, Moskva mo‘ynachilik fabrikasining Buxoro qorako‘lchilik zavodida direktor bo‘lib ishlagan. Unga “Hurmat belgisi” ordeni berilgan. Uylangan va Termizdan ko‘ngilli bo‘lib frontga ketgan. U Qizil Bayroqli 95-gvardiyachi o‘qchi diviziyasi, 290-gvardiyachi o‘qchi polki, 3-o‘qchi rota qo‘mondoni, gvardiyachi leytenant bo‘lgan. 2-Ukraina frontida jang qilgan R.Ibragimovning oxirgi xatida 1944 yilning 7 aprel sanasi qo‘yilgan. U 1944 yil 4 mayda halok bo‘lgan. (ЦАМО РФ, Ф. 33, Оп. 690155, Д. 281, Л. 11; Ф. 33, Оп. 11458, Д. 249, Л. 18)
Ibragimov Xakim Xusainovich – 1912 yili tug‘ilgan, 1935 yili armiyaga chaqirilgan, undan oila oxirgi xatni 1941 yilning avgustida olgan. Hujjatda yozuv bilan 1944 yilning aprel oyida bedarak yo‘qolganligi qayd etilgan. (ЦАМО РФ, Ф. 58, Оп. 977520, Д. 259, Л. 4)
Ibragimov Xabib Xusainovich – 1915 yili tug‘ilgan, 1939 yili armiyaga chaqirilgan, Fin urushi qatnashchisi, Belorussiyada jang qilgan. 1941 yil sentyabrida bedarak yo‘qolganligi sababli uning nomiga qoraxat olingan. (ЦАМО РФ, Ф. 58, Оп. 18004, Д. 630, Л. 10)
Ibragimov Xaydar Xuseinovich – 1921 yili tug‘ilgan, 1944 yilning yanvarida Ukrainani ozod qilishda halok bo‘lgan. Katta serjant, snayper X.Ibragimov Termizdan chaqirilgan. (ЦАМО РФ, Ф. 33, Оп. 686044, Д. 3165, Л.2)
Murojaat uchun telefon: 71-233-37-01,
haftaning dushanba-juma kunlari soat 09.00 dan 18.00 gacha.
Elektron pochta manzili: tmarkaz@academy.uz, engyangitarix@mail.ru


Xorijiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlik

2020 yil 24 fevral kuni O‘zR FA huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaziga Ispaniyaning “Institute for integrated transitions” institutining rahbari Adriana Brassart hamda yetakchi mutaxasislar Seth D.Kaplan, Temuri Yakobashvililar va Mintaqaviy tahdidlarni o`rganuvchi tadqiqot markazining direktori Viktor Mixaylov tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida Markaz va Institute for integrated transitions o`rtasida o`zaro hamkorlikni olib boorish, Markaziy Osiyodagi mintaqaviy tashqi siyosati hamda integratsiya jarayonlari va mavjud muammolar to`g`risida o`zaro fikr almashishdi.

 

 

 


Siyosiy fanlar doktori, Y.G.Ismatullayevaning Allоmа Tabotaboi universitetidagi ilmiy
amaliyoti


2019-yil 3-dekabrda Yuldasheva Guli Ismatullaevna Eronning Kavkaz va Yevroosiyo tadqiqotlar institutida magistrantlar hamda taklif etilgan soha tadqiqotchilar ishtirokida «Ирано-узбекские отношения: опыт прошлого и будущие перспективы» mavzusiga doir ilmiy seminar o`tkazdi.

 

 

 



Siyosiy fanlar doktori, Y.G.Ismatullayevaning Allоmа Tabotaboi universitetidagi ilmiy amaliyoti.

2019-yil 26-noyabr. Yuldasheva Guli Ismatullaevna Eronning Alloma Tabotaboi universitetining «Huquq va siyosiy fanlar» fakuleteti magistrantlari bilan «Узбекистан-Иран: вопросы истории и современности» mavzusiga doir ilmiy uchrashuv o`tkazdi.

 

 

 

 

 

 

 



Belarusga ilmiy stajirovka

Markaz direktor o‘rinbosari K.K.Sagdullayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tavsiyasi bilan Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Belarus Respublikasining Respublika oliy maktab institutiga 2019 yilning 22 iyulidan 5 avgustiga qadar ilmiy stajirovkaga yuborildi.
Stajirovka “Belarus va O‘zbekiston hududlari forumi” doirasida “Belarus Respublikasida ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning zamonaviy holati va istiqbollari” mavzusida tashkil etildi. Stajirovka davomida ishtirokchilar Belarus Milliy Fanlar akademiyasi, Belarus davlat universiteti, Belarus Milliy texnika universiteti hamda uning “Politexnik” ilmiy texnoparki, Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti hamda uning Minsk radiotexnika kolleji, Belarus davlat agrar-texnika universiteti, Belarus davlat texnologik universiteti, Polotsk davlat universiteti, Brest davlat texnika universiteti, Respublika professional ta’lim instituti, Yuqori texnologiyalar parki, “Ulug‘ tosh” Xitoy-Belarus sanoat parki, Brest ilmiy texnologiya parki, “BELAZ” OAJ, Minsk traktor zavodi kabi muassasalarga borishib, ularning ilmiy-innovatsion faoliyatlariga oid ma’ruzalarini eshitishdi. Ular Forum doirasidagi “Belarus Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi hududlarini gumanitar, axborot-kommunikatsiya va ilmiy sohalardagi hamkorligini rivojlantirish masalalari” sho‘’basida, Minsk shahrida Alisher Navoiy byusti ochilishida ishtirok etishdi. Shuningdek, dastur doirasida Belarus Milliy kutubxonasi hamda Brest qal’asiga tashriflar uyushtirildi.
Ilmiy stajirovka davomida K.Sagdullayev Belarus Ulug‘ Vatan urushi tarixi davlat muzeyi, Yakub Kolas adabiy-xotira muzeyi, P.Brovki nomidagi Belarus ensiklopediyasi nashriyoti, Belarus Milliy Fanlar akademiyasi Markaziy ilmiy kutubxonasiga ham bordi.
Partizanlik harakatining “Uchqun” otryadi qo‘porovchilik guruhi rahbari G‘anitoy Toshniyozovning (1919-1944) qabri ziyorat qilindi.

 

 


O‘zbek-koreys ilmiy forumi

16 iyul Toshkentda O‘zbekiston va Koreya mamlakatlari o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy hamkorlikka bag‘ishlangan O‘zbek-koreys ilmiy forumi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, forum qatnashchilari Markaziy Osiyo mamlakatlarining o‘zaro hamda Koreya Respublikasi bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha chiqishlar qilishdi.
Ushbu tadbir Xanyan universiteti Xalqaro munosabatlar oliy maktabi (Koreya Respublikasi) hamda O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz bilan hamkorlikda tashkillash etildi. Tadbir hamkorlari sifatida O‘zRFA Tarix instituti va Xanyan Universiteti Osiyo-Tinch okeani tadqiqot markazi ishtirok etdi.
Forumda Koreya Respublikasining Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan iqtisod va xavfsizlik, logistika rivoji va turizm masalalari bo‘yicha ekspertlar o‘z masalalarini muxokama qilishdi. Tadbirda Nyu-Mexiko (AQSh) universiteti professori Gregori Glison va Xanyan Universiteti Osiyo-Tinch okeani tadqiqot markazi direktori ma’ruzalar qilishdi. Markaz rahbari M.Raximov o‘z ma’ruzasida O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda jahonning yetakchi davlatlari bilan hamkorligi masalalariga mufassal to‘xtalib o‘tdi. Markaz xodimlari – s.f.d. G.Yuldasheva, s.f.n. V.Paramonovlar ham o‘z ma’ruzalari bilan qatnashishdi.



Koreya Respublikasi bilan Ilmiy hamkorlik

2019 yil 17 iyulda O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazga Koreya Respublikasi Xanyan Universiteti professori, Osiyo-Tinch okeani tadqiqotlari markazi direktori Gu Xo Yom va professor Boram Shin tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida markaz doirasida M.Raximov bilan ikki tomonlama hamkorlik, jumladan “Yevrosiyo tadqiqotlari” jurnalida O‘zbekistonga oid maqolalarni chop etish masalalari muhokama qilindi. Tashrif yakunida prfoyessor M.Raximov Markaz tomonidan chop etilgan yangi nashrlarni professor Gu Xo Yomga hadya qildi.

 


Fanlar akademiyasi va Kembridj universitetining uch kunlik seminari

2019 yil 8-10 aprel kunlari Buxoroda Kembridj Markaziy Osiyo Forumi, Kembrij universiteti, Kembrij universitetining taraqqiyot tadqiqotlari markazi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi hamkorligida “Ilm-fan sohasida yosh olimlarning salohiyatini yuksaltirish” (Research in action) xalqaro ilmiy seminari tashkil etildi.
Tadbirda yetakchi olimlar, ekspertlar, doktorantlar ishtirok etishib, jahon va Markaziy Osiyoda yuz berayotgan o‘zgarishlarning bugungi holati muhokama etildi. Seminar dasturi ko‘p o‘lchovli dunyodagi mavjud o‘zgarishlarni aks ettirish uchun fanlararo yo‘nalishda ilmiy tadqiqot hamda siyosiy loyihalardagi tadqiqot nazariyasi va amaliyotini o‘zaro bog‘lashga yo‘naltirilgan edi. Seminarda Buyuk Britaniya, Uzbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Xitoy, Slovakiya, Belorussiya davlatlaridan jami 60dan ortiq ishtirokchilar qatnashdilar.
Shuningdek, seminar o‘z sohalarida muvaffaqiyatli ishlash uchun boshqa sohalardagi bilimlarni yanada kengaytirish imkonini berdi. Mintaqadagi aksariyat eng dolzarb muammolar bo‘yicha fikrlar va takliflar eshitildi. Ushbu seminar Markaziy Osiyodagi davlatlar tomonidan eng muhim sohalarda nazariya va amaliyotda muvaffaqiyatga erishish borasida yangicha qarashlarni ifodaladi. Seminar ishtirokchilari Buxoro va Samarqandning tarixiy-madaniy merosidan bahramand bo‘lish imkoniga ega bo‘lishdi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz direktori t.f.d, prof. M.A. Raximov, Tarix bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni ekspertiza qilish bo‘limi mudiri PhD. O.B. Abdimo‘minov, katta ilmiy xodim P.A. Kurbonmamadov, doktorantlar V. Paramonov va Yu. Kushanovalar ishtirok etib, ma’ruza qildilar. Xalqaro seminar so‘ngida Kembridj Markaziy Osiyo Forumi raisi S. Saksena i markaz direktori M. Raximovlar so‘zga chiqib, xulosa qildilar. Shuningdek, Kembridj Markaziy Osiyo Forumiga markazda chop etilgan “Markaziy Osiyoning eng yangi tarixi” (Noveyshaya istoriya Sentralnoy Azii) va ikki jildlik “O‘zbekiston tarixi” kitoblari taqdim etildi.


Xalqaro aloqalar — taraqqiyot zamini

2018-yil 17-oktabr kuni O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O’zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazda Qozog’iston-Nemis universiteti (Olmata sh.) prezidenti, sotsiologiya fanlari doktori Markus Kayzer va uning hamkasbi doktor Diter Zayts bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuvni Markaz direktori M.A.Rahimov olib bordi. Tadbirda Doktor M.Kayzer rahbarligidagi universitet faoliyati, u yerda amalga oshirilayotgan loyihalar hamda xalqaro hamkorlik istiqbollari haqida fikr almashildi. Doktor Diter Zayts hozirgi MDH makonida kosmos dasturlari bilan bog’liq tadqiqoti ustida ishlayotganligi haqida axborot berdi.
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori o’rinbosari Sh.B.Muxamedov mehmonlarga O’zbekistonning ushbu sohada erishgan yutuqlari, kosmonavtlarimiz haqida gapirdi. Markaz xodimlari ushbu tadqiqot va o’zaro hamkorlik haqida o’z fikr-mulohazalari bilan o’rtoqlashdi. Uchrashuv konstruktiv tarzda va do`stona ruhda o`tdi.

 


Hamkorlikning yangi bosqichi

2018 yilning 26 fevralda O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazda O‘zbekiston-Rossiya hamkorligiga oid davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda O‘zR FA Tarix instituti, Rossiyaning birinchi Prezidenti B.N.Yelsin nomidagi Ural federal universiteti hamda Toshkentdagi Rossiya fan va madaniyat markazi vakillari qatnashdi.
Davra suhbati davomida O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz direktori, t.f.d., prof. M.A.Raximov, O‘zR FA Tarix instituti direktori, t.f.d. R.M.Abdullayev, f.f.n. R.R.Nazarov tomonidan O‘zbekistonning Rossiya bilan hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilganligi va u yanada rivojlanib borayotganligi ta’kidlandi. Ural Federal universitetidan qatnashayotgan t.f.n., dots. R.T.Ganiyev, f.f.n. K.Pogorelskiy Rossiyada, umuman, jahonda Ipak yo‘li brendi katta qiziqish uyg‘otayotganligini qayd etishar ekan, fan va ta’lim sohasida ham hamkorlikni yanada kengaytirish zarurati haqida fikr-mulohazalar bildirishdi.
Davra suhbati yakunida Ural federal universiteti, O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz, O‘zR FA Tarix instituti o‘rtasida uch tomonlamali hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi.



Markaziy Osiyodagi etnosiyosiy jarayonlar

22 dekabr kuni “Poytaxt” biznes markazida “Markaziy Osiyodagi etnosiyosiy jarayonlar umumjahon sotsiomadaniy vaziyati kontekstida” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir Konrad Adenauer jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti va O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz tomonidan tashkil etildi.
Davra suhbati davomida O‘Z FA Tarix instituti katta ilmiy xodimi Rinat Shigabdinov “O‘zbekiston diasporalari tarixiga doir (tatar va boshqird diasporalari misolida)” mavzusida ma’ruza qildi. Shuningdek, tarix fanlari nomzodi Alisher Sobirovning “O‘zbekistondagi etnosiyosiy vaziyatning yangi palitrasi”, t.f.n Shuhrat Muxamedovning “O‘zbekiston mintaqaviy kesimidagi etnomadaniy jarayonlar (Buxoro viloyati misolida)” hamda f.f.n. Ravshan Nazarovning “Etnosiyosiy va sotsiomadaniy jarayonlardagi zamonaviy jahon tendensiyalari”ga bag‘ishlangan ma’ruzalari tinglandi.


Doktor Rashmini Koparkar bilan davra suhbati

2017 yilning 15 sentyabr kuni O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazda Vivekananda xalqaro fondi vakili doktor Rashmini Koparkar (Hindiston) bilan birgalikda “Eng yangi tarix sohasida hamkorlik istiqbollari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Hindistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan zamonaviy munosabatlari haqida fikr almashildi, eng yangi tarixni o‘rganish sohasida hamkorlik qilish, jumladan, qo‘shma konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlarini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

 


×