Sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

M.A. Rahimov Siyosat va xalqaro munosabatlar kafedrasi taklifiga binoan Kembrij universitetiga akademik safarda bo‘ldi.

2023-yil 18-iyuldan 25-iyulgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi markazi bo‘lim mudiri, tarix fanlari doktori, prof. M.A. Rahimov Siyosat va xalqaro munosabatlar kafedrasi taklifiga binoan Kembrij universitetiga akademik safarda bo‘lib, u yerda tashqi opponent sifatida nomzodlik dissertatsiyasi himoyasida ishtirok etdi va universitet yosh tadqiqotchilari uchun mahorat darsi o‘tkazdi.
×