Sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Markaz katta ilmiy xodimi V.V.Paramonov konferensiyada ishtirok etdi

2022-yil 31-may kuni “O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy hamkorlikni rivojlantirishda xalq diplomatiyasining roli” mavzusidagi konferensiya bo’lib o’tdi. Tadbirda KMODS, KNODZ, XXRning Oʻzbekistondagi va Oʻzbekistonning XXRdagi elchixonasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, ShHTning Oʻzbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat diplomatiyasi akademiyasi vakillari bilan bir qatorda O‘zR FA huzuridagi O‘zbekistonnning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz katta ilmiy xodimi V.V.Paramonov ham ishtirok etdi. V.V.Paramonov konferensiyada “O‘zbekiston va Xitoy: har tomonlama strategik sheriklikni rivojlantirishning yangi vazifalari sari” mavzusida ma’ruzasi qildi. Konferensiya gibrid formatda o‘tkazildi. 
Xalqaro konferensiya tashkilotchilari: “Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do‘stona aloqalar qo‘mitasi” (KMODS); Chet el bilan do'stlik bo'yicha Xitoy xalq jamiyati (CNODZ).


×