Sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Markaziy nashrlar kitob-albom to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga O‘zbekiston xalqining qo‘shgan munosib hissasiga bag‘ishlangan kitob-albomni nashr etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishi asosida Fanlar akademiyasining O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi ilmiy xodimlari tomonidan bir qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda«O‘zbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi» nomli kitob-albom tayyorlandi.
Ushbu kitob-alom Buyuk g‘alabaning 75 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xalqimizning urush yillaridagi ulkan jasorati va matonatini aniq tarixiy hujjatlar asosida yosh avlodga yetkazish, urush va mehnat frontida zahmat chekkan insonlarning aziz nomlarini abadiylashtirish maqsadida «O‘zbekiston» nashriyotida “Kolor-pak” bosmaxonasida o‘zbek, rus va ingliz tillarida 20 ming nusxada chop etildi.
Kitob albom to‘g‘risida bir qator markaziy nashlar keng ommaga axborot berdilar.


×