Sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

“Markaziy Osiyoda zamonaviy koʼp tomonlama munosabatlar” nomli monografiyasi nashr qilindi

O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan” nashriyotida professor M.А.Raximovning “Markaziy Osiyoda zamonaviy koʼp tomonlama munosabatlar” nomli monografiyasi nashr qilindi. Ushbu kitobda Markaziy Osiyo mintaqasida mustaqil davlatlarning tashkil topishi, ularning tashqi siyosatidagi ustuvor yoʼnalishlarining shakllanishi, koʼp tomonlama munosabatlar dinamikasi oʼrganilgan. Oʼzbekiston Prezidentining qoʼshni davlatlar bilan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy muzokaralarni kuchaytirishi boʼyicha tutgan faol mintaqaviy yoʼli tufayli mintaqada ham, xalqaro miqyosda ham ijobiy natijalarga erishilganligi koʼrsatilgan.
Ushbu kitobda fanlararo yondashuvdan foydalanilgan boʼlib, ish tarixiy materiallar va arxiv hujjatlari, Markaziy Osiyo, Rossiya, Germaniya, АQSh, Xitoy, Fransiya, Yaponiya, Hindiston, Koreya Respublikasi, Yevropa Ittifoqi, ShHT, MDH va boshqalarning davlat va jamoat muassasalari maʼlumotlari asosida tayyorlangan.


×