Sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Mudofaa vazirligi huzuridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi Ilmiy Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2022 yil  16 fevral kuni Mudofaa vazirligi huzuridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi Ilmiy Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda  O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofoqlashtiruvchi metodik markaz direktori F. X.Usarova,  Markaz bo‘lim boshlig‘i S.A. Pulatova, Markaz katta ilmiy xodimi D.N.Aberkulov ishtirok etdilar.

Mudofaa vazirining madaniy ishlar bo‘yicha maslahatchisi – “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majumasi boshlig‘i, polkovnik Sh.N.  Yusupov 2021 yilda “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan ma’lumot berdi.

                                                                                                                                                                                                                                                                                               O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasining  “Shon-sharaf” davlat muzeyining Ikkinchi jahon urushi davri tarixini o‘rganish bo‘limi boshlig‘i I.I. Altinov so‘zga chiqib, xodimlari tomonidan harbiy tarixni, buyuk ajdodlarimiz qahramonligini o‘rganish bo‘yicha Ilmiy Markaz tashkil qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar xaqida ma’lumot berdi.

Ushbu masala yuzasidan, shuningdek, J.X.Ismoilova, V.Qo‘chqorov, B.V.Xasanovlar o‘z fikrlarini bildirib, “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasini harbiy tarixni, buyuk ajdodlarimiz qahramonligini o‘rganish bo‘yicha Ilmiy Markazga aylantirish, Markaz yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tayyorlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi, shuningdek,  Ilmiy markaz tashkil qilinishi davr talabi ekanligi, Ikkinchi jahon urushi davri tarixini o‘rganishni tizimli tashkil etishga xizmat qilishi haqida gapirdilar.

Ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqining  Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan erishilgan  buyuk G‘alabaga qo‘shgan hissasining ilmiy tadqiq etishga qaratilgan ilmiy loyihalar muhokamasi va ularni Innovatsion rivojlanish vazirligiga tavsiya etish masala bo‘yicha t. f.d., prof. J.X.Ismailova so‘zga chiqib, loyihaning maqsad va vazifalari, bajarilish muddati va ishtirokchilari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

“Shon-sharaf” nomli ilmiy jurnal tahririyati to‘g‘risidagi Nizomini   tasdiqlash  to‘g‘risida X.B.Babadjanov so‘zga chiqib, Ilmiy kengash a’zolarini “Shon-sharaf” ilmiy jurnali tahririyati to‘g‘risidagi Nizom loyihasi bilan tanishtirdi.

O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofoqlashtiruvchi metodik markaz bo‘lim boshlig‘i, t.f.n. dots. S.A. Pulatova so‘zga chiqib, jurnalni OAK ro‘yxatiga kiritish uchun ma’lum bir talablar bajarilishi, uning bosma nashri va  elektron varianti uchun ham alohida-alohida  ISSN olinishi, jurnalning rasmiy veb-sayti yoki veb-sahifasi yaratilishi lozimligi va eng avvalo jurnal albatta belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart ekanligi haqida gapirdi. Tahririyat a’zolari tarkibida jurnal ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha  3 nafar fan doktori ilmiy darajasiga ega mutaxassis bo‘lishi kerak. Bundan tashqari S.A.Po‘latova yig‘ilish ishtirokchilarini e’tiborini hozirgi vaqtda O‘zbekiston xalqining Ikkinchi Jahon urushidagi g‘alabaga qo‘shgan hissasi mavzusi  bo‘yicha ilmiy tadqiqot qilmoqchi bo‘lganlar ko‘payib borayotgani va bu mavzuning  anchagina ommalashganiga qaratib, shu tufayli ham ilmiy mavzularni koordinatsiyasini amalga oshirish vaqti kelganini hamda   muvofiqlashtirishni  tashkil etish va  muntazam tarzda amalga oshirish ishlarini  O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi huzuridagi  O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofoqlashtiruvchi metodik markaz o‘z zimmasiga olishi mumkinligi haqida ma’lum qildi.

Mazkur masala yuzasidan B.Hasanov, J.Ismoilova va boshqalar o‘z fikr va mulohazalarini  bildirdilar. Ilmiy jurnal Nizomi bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda  bir ovozdan  qabul qilindi.

Kun tartibidagi 5 masala, ya’ni 2021 yil 30 aprelda o‘tkazilgan “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va xotirasida Ikkinchi jahon urushi: voqealar, ishtirokchilar, ramzlar” mavzusida tashkil etilgan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya haqida  D.N.Aberkulov ma’lumot berdi.


×