OʼzR Fanlar akademiyasi huzuridagi Oʼzbekistonning eng yangi tarixi masalalari boʼyicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi hamda Gʼalaba bogʼi yodgorlik majmuasi qoshidagi “Shon-sharaf” muzeyi bilan hamkorlikda yoshlarni ota-bobolarimizning xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Vatan fidoyilari va ajdodlar ruhi barhayot” mavzusida davra suxbati oʼtkazildi.
Tadbirda OʼzR Fanlar akademiyasi huzuridagi Oʼzbekistonning eng yangi tarixi masalalari boʼyicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazidan, direktor oʼrinbosari А.O.Аmirov, katta ilmiy xodimlar D.N.Аberkulov, X.А.Burieva, Gʼalaba bogʼi yodgorlik majmuasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi D.E.Davletboev, Gʼalaba bogʼi yodgorlik majmuasi qoshidagi Shon-sharaf muzeyi direktori M.А.Shakirov, boʼlim boshliqlari I.I. Аltinov, I.X.Xaydarov va Muzey lektori Dj.Dj.Nosirovlar soʼzga chiqib, Ikkinchi jahon urushida mardonavor jang qilgan oʼzbek oʼgʼlonlarining jasorati, front va front ortidagi xizmatlari haqidagi qiziqarli maʼlumotlarni bayon qildilar.