Sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

O‘zaro hamkorlik



O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentli va O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi. Mazkur kelishuv Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 30 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi hamda 2020 yil 9 sentyabrdagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorlari ijrosi doirasida tuzildi.
Ikki tashkilot o‘rtasida xorijiy arxivlarda saqlanayotgan mamlakatimizga oid arxiv hujjatlari nusxalarini olib kelish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish, arxiv hujjatlaridan keng foydalanishga qaratilgan birgalikdagi ilmiy loyihalarni tayyorlash va bajarish, Markaz tomonidan chop etilgan kitoblar va davriy nashrlarning nusxalarini Agentlikka O‘zbekiston milliy arxivlari hisobiga olingan holda taqdim etilishi belgilandi.




×