Sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Oʻzbekistonning eng yangi tarixi masalalari boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi (Gumanitar fanlar) yo‘nalishida taqdirlandi

2023-yil 6-dekabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Elsevier” kompaniyasi vakillari ishtirokida “ScienceDirect” xalqaro maʼlumotlar bazasi milliy obunasiga bagʻishlangan Forum doirasida “Scopus” xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasida indekslanuvchi nufuzli ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar nashr etish boʻyicha eng yuqori natijalarga erishgan tashkilotlarni taqdirlash – “Scopus Awards” marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Oʻzbekistonning eng yangi tarixi masalalari boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi (Gumanitar fanlar) yo‘nalishida taqdirlandi
×