Sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Toshkent shahar joy nomlari tarixi

O‘zR FA huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalalri bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz katta ilmiy xodimi t.f.d.Bo‘rieva Xayriya Amanullaevna “Mavzu” teleko‘rsatuvda ilmiy material bilan ishtirok etib, mamlakatmimiz poytaxti – Toshkent joy nomlari tarixiga oid tarixiy-toponimik ma’lumotlar keltirdi. Shu jumladan, shaharning “Toshkent”, “Shosh”, “Choch”, “Binkat” shaklidagi nomlanishlari, 12 ta darvozasi (Qo‘ymas-kenagas, Qashg‘ar, Qo‘qon, Labzak, Taxtapul, Qorsaroy, Sag‘bon, Chig‘atoy, Ko‘kcha, Samarqand Darvoza, Kamolon, Beshyog‘och) nomlanirining ma’nosi va kelib chiqishi – etimologiyasi xususida tarixiy manbalar hamda ilmiy izlanishlar asosida batafsil sharhlar berib o‘tdi. Mazkur joy nomlari shakllangan davr tarixiga to‘xtalib o‘tdi. Ko‘rsatuv O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi yozuvchi, olim Abdujabbor Obidov ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi teleradikompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Mavzu” dasturi ijodkorlari tomonidan tayyorlandi va tasvirga olindi. Tarixchi olima Xayriya Bo‘rieva tomonidan keltirilgan tarixiy ma’lumotlar Toshkent shahri va umuman O‘zbekiston davlatining joy nomlari tarixini yangi ma’lumotlar bilan boyitish, insonlarda o‘lkashunoslikka oid bilimlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
×