Sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Yangi o‘quv qo‘llanma chop etildi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29- yilligi arafasida Markaz ilmiy xodimlari tomonidan yangi o‘quv qo‘llanma chop etildi.
Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishning ilmiy asoslari va amaliy yo‘nalishlari nomli o‘quv qo‘llanmada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2016-2018 yillardagi asarlari va maruzalari berilgan.
Qo‘llanma davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligi, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish hamda ijtimoiy rivojlanishning ilmiy asoslari va amaliy yo‘nalishlari fanidan maxsus imtihon topshiruvchi tadqiqotchi olimlar,oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, doktorant va talabalarga yordamchi manba sifatida xizmat qiladi.


×