Sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

“Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekiston” nomli jamoaviy monografiya chop etildi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz tomonidan “Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekiston” nomli jamoaviy monografiya chop etildi.

Mazkur monografiya O‘zbekistonning Ikkinchi jahon urushi davridagi tarixi, xalqimizning front va front orqasidagi jasorati, fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaga qo‘shgan hissasini ilmiy asosda yoritishga bag‘ishlangan. Unda urush yillarida respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti, sanoat va qishloq xo‘jaligining urush ehtiyojlariga moslashtirilishi, ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash sohalaridagi o‘zgarishlar, frontga ko‘rsatilgan moddiy va ma’naviy yordam, askarlar va mehnatkashlarning fidokorligi kabi masalalar tahlil etilgan.


×