The site is running testing mode

Single contact number (+998) 71 2000036; Helpline (+998) 71 2335623

«Markaziy Osiyo beshligi»: Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahat kengashi yakunlari bo’yicha uzoq muddatli mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari mavzusidagi davra suhbati

2019 yil 6-dekabr kuni poytaxtimizning biznes markazida «Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahat uchrashuvi yakunlari bo’yicha uzoq muddatli mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbir O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan Taraqqiyot strategiyasi markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O`zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo`yicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markazdan loyiha rahbari M.A.Raximov «Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirishda madaniy-gumanitar hamkorlikning roli» mavzusida ma’ruza qildi.


×