The site is running testing mode

Single contact number (+998) 71 2000036; Helpline (+998) 71 2335623

Nashrlar

 

O‘ZBEKISTON XALQINING FASHIZM USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABAGA QO‘SHGAN HISSASI. KITOB-ALBOM.

o‘zbek, rus va ingliz tillarida

(Mualliflar va tuzuvchilar: S.Saidolimov, M.Raximov, K.Sagdullayev, R.Nazarov, X. Bobojonov. –Toshkent: O’ZBEKISTON, 2020. – 320 b.)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 31 maydagi “Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga O‘zbekiston xalqining qo‘shgan munosib hissasiga bag‘ishlangan kitob-albomni nashr etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi asosida 2020 yili ilk bor «O‘zbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaga qo‘shgan hissasi» nomli kitob-albom chop etildi.

Kitob-albom bir qator vazirlik va idoralar, olimlar bilan hamkorlikda tayyorlangan bo‘lib, unda arxivlar va muzeylarda, urush qatnashchilari va ularning oilalarida saqlanayotgan muhim manbalar – hujjatlar, suratlar, xatlar va xotiralar ilk bor taqdim etildi. Undan tashqari kitobda Rossiya, Belarus Respublikasi arxivlari va muzeylarida saqlanayotgan tarixiy hujjatlardan ham foydalanildi.

Kitob-albom keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan bo‘lib yurtimizda inson xotirasi aziz va muqaddas, qadri ulug‘ ekanini namoyon etadi, urush dahshatlarini unutmaslikka, bugungi tinch va osuda hayot, mustaqillikning qadriga yetishga undaydi.


 

HARAKATLAR STRATEGIYASI –YANGI O‘ZBEKISTON POYDEVORI
(N.Saydaliyeva, F.Usarova, Toshkent: NODIRABEGIM, 2020. – 302 b.)

O‘quv qo‘llanmada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2016–2020 yillardagi asarlari, ma’ruzalari, nutqlari innovatsion tarmoqlar (klaster) uslubida yoritilgan.
O‘quv qo‘llanma Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan hamkorlikda nashr qilingan. Undan oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishda foydalanishga, O‘zbekistonning eng yangi tarixi davri bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar hamda qiziquvchilar uchun yordamchi manba sifatida tavsiya etilgan.


 

СОВРЕМЕННЫЕ МНОГОСТОРОННИЕ ОТНОШЕНИЯ
В ЦЕНТРАЛЬНОЙ  АЗИИ
(Рахимов М.А. Ташкент: ФАН, 2020. – 224 с.)

Kitobda 1991–2019 yillar davrida Markaziy Osiyodagi kop tomonlama munosabatlarning asosiy yonalishlari keng doiradagi materiallar va fаnlararo yondashuv asosida tahlil qilinadiShuningdek, ishda Markaziy Osiyo xalqaro munosabatlarи tarixidagi geosиyоsiy jihatlar korib chiqilgan.


 

СОВРЕМЕННАЯ ИСТОРИЯ И  МЕЖДУНАРОДНЫЕ ОТНОШЕНИЯ УЗБЕКИСТАНА
(Рахимов М.А. Ташкент: ФАН, 2020. – 192 с.)

Monografiyada O‘zbekiston Respublikasiда yangi siyosiy tizim va davlatchilikni shakllantirish xususiyatlari, замонавий tarixning asosiy yo‘nalishlari, ҳозирги дунё siyosati va iqtisodiyoti globallashуви sharoitida O‘zbekistonning xalqaro munosabatlari faнlararo yondashuv asosida tahlil qilingаn.


 

НОВЕЙШАЯ ИСТОРИЯ УЗБЕКИСТАНА

(2-нашри – Ташкент: NURAFSHON BUSINESS, 2020. – 512 с.)

Ushbu kitob – zamonaviy O'zbekiston tarixi bo'yicha ilk darslik bo'lib, O'zbekiston Respublikasining 1991–2019 yillardagi tarixini qamrab oladi.  Mazkur kitobda bir qator уetakchi xorijiy universitetlarning академик нашрлар ва  ўқув адабиётлар тайёрлаш tajribasi asosida жамият rivojlanishining asosiy yo'nalishlari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy o'zgarishlarning asosiy jihatlari, jahon siyosati va iqtisodiyoti globallashuv sharoitida O'zbekiston Respublikasiнинг xalqaro munosabatlari tahlil qilingan.


 

O‘ZBEKISTONNING MUSTAQILLIKKA ERISHISH TARIXI:

1980-1990 yillardagi ijtimoiy-siyosiy,

iqtisodiy va madaniy omillar. Ilmiy to‘plam

(Toshkent: TURON-IQBOL, 2019. – 360 b.)

Ushbu ilmiy to‘plamda O‘zbekistonning mustaqillikka erishish arafasida va mustaqillikning dastlabki yillaridagi murakkab siyosiy vaziyat, o‘tish davrida ijtimoiy va iqtisodiy holat, ushbu davrdagi madaniy hayot hamda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining qo‘lga kiritilishi, ijtimoiy-siyosiy islohotlar, tashqi aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi kabi masalalar fanlararo yondashuv asosida yoritib berilgan. Kitob O‘zbekistonning eng yangi davri tarixi bilan shug‘ullanuvchi tarixchi, siyosatshunos olimlar, tadqiqotchilar, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda talabalari uchun mo‘ljallangan.


 

MANBASHUNOSLIK

(Toshkent: TURON-IQBOL, 2019. – 480 b.)

Oliy ta’lim tizimining tarix, arxivshunoslik bakalavriat yo‘nalishlari talabalari uchun chop etilgan “Manbashunoslik” darsligida O‘zbekistonning boy tarixiy o‘tmishini yorituvchi hamda qadimdan eng yangi davrgacha yaratilgan qimmatli manbalarning qisqacha mazmuni, ularning mualliflari to‘g‘risida, shuningdek, qayd etilgan ma’lumotlarning ahamiyati bayon etilgan. Tarixiy manbalar davriy tarzda tizimlashtirilib, mazmuniga ko‘ra tasniflash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

Darslikning yozilishida manbashunoslik sohasi bo‘yicha faoliyat olib borayotgan tajribali va yetakchi mutaxassislar, olimlar hamda pedagoglar qatnashganlar.

Hozirgi kunda mazkur o‘quv adabiyotidan tarix, manbashunoslik, arxivshunoslik, tarix o‘qitish metodikasi, dinshunoslik yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlaydigan respublika oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida foydalanilmoqda.


 

НОВЕЙШАЯ ИСТОРИЯ УЗБЕКИСТАНА

(Ташкент: ФАН, 2019. – 440 с.)

Monografiyada keng ko'lamli materiallar, jamiyat rivojlanishining asosiy yo'nalishlari, siyosiy, iqtisodiy va madaniy o'zgarishlar, O'zbekiston Respublikasining 1991-2016 yillardagi xalqaro munosabatlari tahlil qilinadi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINI RIVOJLANTIRISHNING HARAKATLAR STRATEGIYASI VA MAMLAKATNING MA’NAVIY-MADANIY TARAQQIYOTI.

(Toshkent: TAMADDUN, 2018. – 216 b.)

Mazkur ilmiy to‘plam 2017 yil 20 oktyabrda o‘tkazilgan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi va mamlakatning ma’naviy-madaniy taraqqiyoti” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari asosida tayyorlangan.

Unda mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish borasida Harakatlar strategiyasining o‘rni hamda mamlakatda ma’naviyat va madaniyat sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning tadrijiyligi, istiqboldagi maqsad va vazifalarining mazmun-mohiyatini ko‘rsatishga qaratilgan maqolalar o‘rin olgan.


 

MUZEYSHUNOSLIK

(Toshkent: TURON-IQBOL, 2018. – 260 b.)

Oliy ta’lim tizimining Tarix, Arxivshunoslik, Tarix o‘qitish metodikasi bakalavriat yo‘nalishlari talabalari uchun chop etilgan “Muzeyshunoslik” o‘quv qo‘llanmasida O‘zbekistonda muzey ishining rivojlanishi, O‘zbekiston hamda xorij amaliyotida shakllangan tamoyillar asosida muzey fondlarini jamlash va kataloglashtirish, muzey ashyolariga ilmiy ma’lumotnoma apparatini tuzish, muzey pedagogikasi haqida ma’lumot beriladi.

O‘quv qo‘llanma yozilishida muzey sohasi bo‘yicha faoliyat olib borayotgan tajribali va yetakchi mutaxassislar, olimlar hamda pedagoglar qatnashgan.

Hozirgi kunda mazkur o‘quv qo‘llanmadan Tarix, Tarix o‘qitish metodikasi yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlaydigan respublika oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida foydalanilmoqda.

“Manbashunoslik” darsligiga taqriz


 

ARXIVSHUNOSLIK.
(Toshkent: TURON-IQBOL, 2018. – 352 b.)

Oliy ta’lim tizimining tarix, arxivshunoslik bakalavriat yo‘nalishlari talabalari uchun chop etilgan “Arxivshunoslik” darsligida O‘zbekistonda arxiv sohasining rivojlanishi tarixi, uning huquqiy-me’yoriy asoslari va arxiv ishining tashkil qilinishi, arxiv muassasalarida fondlarni jamlash, hujjatlar bilan ishlash, ularni sharhlash, kataloglashtirish, ulardan foydalanish va mazkur jarayonlarga taalluqli bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish, shuningdek, arxiv sohasini boshqarish hamda avtomatlashtirish mavzulariga oid nazariy va amaliy ma’lumotlar o‘rin olgan.

O‘quv adabiyotining yozilishida arxiv ishi sohasi bo‘yicha faoliyat olib borayotgan tajribali va yetakchi mutaxassislar, olimlar hamda pedagoglar qatnashganlar.

Hozirgi kunda mazkur darslikdan tarix, arxivshunoslik, hujjatshunoslik, tarix o‘qitish metodikasi yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlaydigan respublika oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida foydalanilmoqda.


 

O‘ZBEKISTON TARIXI

(Toshkent: FAN, 2018. – 510 b.)

Oliy ta’lim tizimining Tarix bakalavriat yo‘nalishlari talabalari uchun chop etilgan “O’zbekiston tarixi” darsligining I kitobi eng qadimgi davrlardan boshlab XIV asrning o‘rtalariga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga qamrab olgan. Mazkur darslik mustaqillik yilarida olib borilgan tadqiqotlarning umume’tirof etilgan natijalari bilan boyitilganligi, fan bo‘yicha innovatsiyalar o‘quv jarayoniga joriy etilganligi bilan ilgarigi o‘quv adabiyotlaridan farq qiladi.

Darslikning yozilishida O‘zbekiston tarixi sohasi bo‘yicha faoliyat olib borayotgan yetakchi olimlar hamda tajribali pedagoglar qatnashganlar.

Hozirgi kunda mazkur darslikdan Tarix, Manbashunoslik, Arxivshunoslik, Tarix o‘qitish metodikasi yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlaydigan respublika oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida foydalanilmoqda.

 


 

НОВЕЙШАЯ ИСТОРИЯ УЗБЕКИСТАНА
(Ташкент: АДАБИЁТ УЧҚУНЛАРИ, 2018. – 512 с.)

Ushbu kitob – zamonaviy O'zbekiston tarixi bo'yicha ilk darslik bo'lib, O'zbekiston Respublikasining 1991–2017 yillardagi tarixini qamrab oladi.  Mazkur kitobda bir qator уetakchi xorijiy universitetlarning академик нашрлар ва  ўқув адабиётлар тайёрлаш tajribasi asosida жамият rivojlanishining asosiy yo'nalishlari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy o'zgarishlarning asosiy jihatlari, jahon siyosati va iqtisodiyoti globallashuv sharoitida O'zbekiston Respublikasiнинг xalqaro munosabatlari tahlil qilingan.


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


×