Sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Talablar

Maqolalarni qabul qilish qoidalari

Maqolalar uch tilda – o‘zbek, rus, ingliz tillarida qabul qilinadi va quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1. Maqola Microsoft Word matn muharririda yoki RTFda
, 1 interval, Times New Roman shriftida yozilgan 12 betdan kam bo‘lmagan (obzor maqolalar 20 betgacha) matn holida bo‘lishi zarur. Varaqning yuqorisi va pastidan – 2 sm, chap tomonidan – 3 sm, o‘ngdan – 1,5 sm, xatboshida 1,25 sm joy qolishi kerak. Jadvallar, rasmlar va adabiyotlar bilan birgalikda barcha sahifalar raqamlanadi. Jadvallar va rasmlar (oq-qora) matn ichiga joylanadi.

2. Jurnal tahririyatiga mualliflar hamda maqolaning nomlanishi ko‘rsatilgan holda bosma nusxasi va elektron shakli topshiriladi. Maqola elektron pochta orqali yuborilishi mumkin. Qo‘lyozma mualliflar tomonidan imzolangan va barcha hujjatlar bilan taqdim etiladi: maqola, maqolaga tashqi va ichki taqrizlar (1 nusxadan).

3. Maqolani rasmiylashtirish tartibi: maqolaning nomlanishi; mualliflarning ismi, familiyasi, otasining ismi, ilmiy darajalari; tashkilot(lar) nomi; mualliflardan birining e-mail pochtasi; o‘zbek, rus va ingliz tillarida annotatsiya (200-300 so‘z) va kalit so‘zlar; maqola matni (kirish, materiallar va metodlar, natijalar, xulosa), adabiyotlar ro‘yxati (ARA uslubida rasmiylashtirilgan: namuna PDFda).

4. Maqolalar Toshkent sh., Ya. Gulomov ko‘chasi, 70 uy, 2-qavatida qabul qilinadi. Telefon: +99871 233-37-01.

Elektron pochta: uzconhistory@academy.uz

Jurnal maqolalari ilmiy maqolalarga qo‘yiladigan asosiy mezonlarga mos kelishi kerak.

Shu maqsadda,

– mavzu dolzarb va amaliy xarakterda bo‘lishi;

– tadqiqot mavzusi bo‘yicha nazariy yondashuvlarning obzori taqdim etilishi;

– nazariy bahs bo‘yicha muallifning mustaqil munosabati akslanishi;

– nazariy obzor tadqiqot javob beradigan aniq savollar bilan tugallanishi;

– maqolada muallifning shaxsiy gipotezasi ifodalanishi;

– muallif foydalanayotgan tadqiqot metodologiyasi aniq belgilanishi va asoslanishi;

– tadqiq etilayotgan muammo bayoni ilgari surilayotgan gipoteza doirasidan chiqmasligi;

– o‘rganilayotgan hodisa/ jarayonlarning nafaqat tavsifi (qanday?), qolaversa, sabablari (nimaga?) taqdim etilishi;

– maqolada tadqiqot savollariga javob berishga ko‘maklashadigan ma’lumotlar bo‘lishi;

– foydalanilayotgan manbalarning haqqoniy va ishonchli bo‘lishi;

– maqolada zaruratga qarab, milliy va xorijiy tashkilotlarning so‘nggi statistik ma’lumotlari o‘rin olishi;

– tadqiqot yangiligi bilan ajralib turishi kerak.

Taqrizlarning mualliflari ilmiy tadqiqotni quyidagi mezonlar asosida tahlil qilishlari kerak: dolzarblik darajasi, metodologiya, tanlangan strukturaning mantiqiyligi, asosiy tezisning isbotlanganligi, ma’lumotlar va xulosalarning ishonchliligi hamda boshqa.

 


×