Sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Hindistonning Himalayan and Central Asian Studies jurnalining O‘zbekiston va Markaziy Osiyo maxsus soni chop etildi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi yubiley tadbirlari doirasida prof. K.Warikoo (Hindiston) va prof. M. Rakhimov (O‘zbekiston) tahriri ostida Hindistonning Himalayan and Central Asian Studies jurnalining O‘zbekiston (Journal Himalayan and Central Asian Studies. Vol. 27, Nos. 3-4, July-December 2023. Uzbekistan Special) va Markaziy Osiyo (Journal Himalayan and Central Asian Studies. Vol. 28 No. 1-2. January-June 2024) mahsus sonlarini nashr etildi. Maxsus sonlarda O‘zbekistonning eng yangi tarixi markazining fundamental loyihasi doirasida tayyorlangan bo‘lib, fanlararo asosda Hindiston va Markaziy Osiyoning tarixiy jarayonlari va tarixiy-madaniy aloqalari, o‘zaro bog‘liqligi, zamonaviy tendentsiyalari kabi mavzular tahlilini o‘zida aks ettiradi. Hamda Demokratlashtirish va iqtisodiy islohotlar, migratsiya va mobillik, transport-kommunikatsiya, O‘zbekiston tashqi siyosati, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan xorijiy davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, Markaziy Osiyoda barqarorlik masalalari va Afg‘oniston omili. Himalayan and Central Asian Studies 1997 yildan beri nashr etiladi va ProQuest mahsulotlari tarkibiga kiradi. Jurnaldan batafsil ma'lumot https://www.himalayanresearch.org/journal.php veb-saytida.
×