2022-yil 27-iyul kuni katta ilmiy xodim Vladimir Paramonov Belorus Strategik tadqiqotlar instituti tomonidan tashkil etilgan Ekspert seminarida onlayn formatda ishtirok etdi. Seminarning mavzusi “Markaziy Osiyo va Afg‘oniston-Pokiston mintaqasidagi joriy vaziyatning dolzarb masalalari”. Belorussiya Respublikasida shakllanayotgan “Osiyoga burish” kontekstida Markaziy Osiyo davlatlarining alohida roli va o‘rni, shuningdek, SHHTga a’zo bo‘lish tashabbusi yuzasidan fikr almashish muhokamaning muhim nuqtasi bo‘ldi.