Sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha darslik

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2020–2021 o‘quv yilidan boshlab Respublika oliy ta’lim muassasalarining barcha nomutaxassis yo‘nalishlari talabalari uchun «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanini o‘qitish joriy etildi.
Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan amaliy islohotlarning tub mohiyati va mazmunini talaba yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etishda mazkur fan o‘qitilishi muhim ahamiyatga ega.
Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi a’zolari, O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz va Tarix instituti ilmiy xodimlari, shuningdek, respublikaning oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamkorligida 2018 yilda rus tilida «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» darsligi (Noveyshaya istoriya Uzbekistana. Uchebnik / Pod red. d.i.n., prof. M.A.Raximova. – Tashkent: Adabiyot uchqunlari. 2018. – 512 s.) nashr etildi.
Ushbu kitob fanlararo yondashuv asosida jahonning yetakchi universitetlari tajribasini ijodiy qo‘llagan holda yaratilgan ilk darslikdir. Darslik o‘n ikki bobdan iborat bo‘lib, unda O‘zbekistonning eng yangi tarixi davrida amalga oshirilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlar hamda tashqi siyosat masalalari qamrab olingan.
Mazkur darslik ushbu fan o‘qitilishida hamda uning doirasidagi masalalarni o‘rganishda asosiy adabiyot bo‘lib xizmat qilishini nazarda tutgan holda Markaz saytida uning elektron varianti e’lon qilinmoqda.

 


×