Sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi markaz tashabbusi bilan xalqaro davra suhbati o`tkazildi

OʻzR FA Oʻzbekistonning eng yangi tarixi boʻyicha muvofiqlashtiruvchi markazi va Qozogʻiston Respublikasi “Yevrosiyo monitoringi” tahliliy tadqiqotlar markazi hamkorligida ikki davlat oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligiga bagʻishlangan xalqaro davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Unda azaldan doʻst, qardosh boʻlgan ikki mamlakat oʻrtasidagi tarix uchun qisqa, insoniyat uchun esa ulkan vaqt - 30 yil davomida ikki davlatning shonli doʻstlik yoʻli xususida qizgʻin fikrlar bildirildi.  Davra suhbatida ishtirok etgan olimlar hozirgi global barqarorlik kuchaygan sharoitda Qozogʻiston va Oʻzbekiston mintaqaviy oʻzaro munosabatlar tizimidagi oʻrni haqida alohida toʻxtalib, ilm-fandagi doʻstlik va hamkorlik bilan har qanday muammolarni bartaraf etish, ikki davlat oʻrtasida iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy rivojlanishlarni amalga oshirish mumkinligini eʼtirof etishdi.


×