Bugun Oʼzbekistonning eng yangi tarixini muvofiqlashtiruvchi-metodik markazda Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishini taʼminlashda Oʼzbekiston va Qozogʼiston davlatlarining xavfsizlik sohasidagi hamkorlik masalalariga bagʼishlangan uchrashuv boʼlib oʼtdi. Tadbirga Qozogʼiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi doktoranti Dauren Jaylin tashrif buyurdi. Uchrashuvda Oʼzbekiston va Qozogʼiston respublikalari oʼrtasidagi halqaro hamkorlik munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, shu jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik aloqalari muhokama qilindi, xalqaro va mintaqa kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Tadbirda ishtirok etgan ikki tomon ekspertlari Oʼzbekiston va Qozogʼistonning oʼzaro hamkorlik siyosatini yuqori baholadi.
Tadbir ikki tomon ilmiy tadqiqotchilari uchun oʼzaro hamkorlik qilishlariga yangi imkoniyat yaratdi. Suhbat davomida istiqbolda Oʼzbekiston va Qozogʼiston ilmiy jamoasi bilan birgalikdagi ilmiy-tadqiqot ishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalariga ham eʼtibor qaratildi.