Sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

TOSHKENT TАRIXIDАN LАVHАLАR

Markaz katta ilmiy xodimi tarix fanlari nomzodi Xayriya Boʼrieva mamlakatimiz poytaxti azim Toshkent tarixini yoritish masalalariga bagʼishlangan ikki qismdan iborat televizion koʼrsatuvda ishtirok etib, oʼzining ilmiy tadqiqotlari natijasida qoʼlga kiritgan “Toshkent” toponimining etimologiyasi, Toshkentning tarixiy davrlar davomidagi strategik holati va oʼlka tarixida tutgan oʼrni, yangi tarix davrida shaharning topografik tuzilishi va undagi ijtimoiy, madaniy muassasalar faoliyatiga doir ilmiy maʼlumotlari bilan teletomoshabinlar bilan oʼrtoqlashdi. Suhbat OʼzR FА Tarix instituti va OʼzR FА Sharqshunoslik instituti, Toshkent davlat Islom universiteti olimlari ishtirokida boʼlib oʼtdi.

Mazkur koʼrsatuv “O`zbekiston tarixi” telekanalining “Tarixiy savol” dasturida 2 qismdan iborat tarzda tashkil qilinib, 1-qism 2022 yil 15 mart hamda, 2-qism 17 mart kunlari toʼgʼridan-toʼgʼri efirda namoyish etildi.


×