Sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Xalqaro munosabatlar doirasida yangi tajribalar hayotga tadbiq etiladi

Joriy yilning 24-aprel kuni Fanlar akademiyasi huzuridagi O'zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi- metodik markaz bilan Janubiy Koreyaning Inxa universiteti qoshidagi "Xalqaro munosabatlarni tadqiq qilish” markazi o'rtasida uchrashuv tashkil qilindi. Ushbu tadbirga markaz direktori professor Li Jin Yung rahbarligidagi Janubiy Koreya delegatsiyasi tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida ikkala tomondan tadqiqot markazlari va ularda olib borilayotgan tadqiqot yo'nalishlari haqida fikrlar almashildi. Fanlar akademiyasi huzuridagi O'zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo'yicha muvofiqlashtiruvchi metodik markaz bilan Janubiy Koreyaning Inxa universiteti qoshidagi Xalqaro munosabatlarni tadqiq qilish markazi o'rtasida imzolangan xalqaro memorandumga asoslangan holda, tomonlar kelajakdagi rejalarni ham muhokama qilishdi. Jumladan, birgalikda xalqaro konferensiya tashkil etish, hamkorlikda ilmiy nashrlar chop etish va tadqiqotchilar almashinuvi dasturini yo'lga qo'yishga kelishib olindi.
×